v1.0.1 Latest
Build 3 • Stable • 06 Okt 2026
Talaba va o'qituvchilar uchun qulaylik yaratish maqsadida ishlab chiqilgan widgetlar to'plami
Yuklash
Build 2 • Stable • 06 Okt 2026
HEMIS Widget — bu ish stolingizda dars jadvali, nazorat jadvali, soat va eslatmalarni ko'rsatib turadigan kichik dastur. Talablar Windows 10 yoki Windows 11 (64-bit) Internet aloqasi O'qituvchilar uchun: kompyuterda Google Chrome o'rnatilgan bo'lishi kerak O'rnatish HemisWidget-Setup-1.0.0.exe faylini yuklab oling va uni ishga tushiring. Agar "Windows protected your PC" oynasi chiqsa, "More info" → "Run anyway" tugmalarini bosing. Kerakli belgilarni tanlang (ish stolida yorliq yaratish, Windows bilan birga ishga tushish) va "Install" tugmasini bosing. O'rnatish tugagach, "Finish" tugmasini bosing — dastur avtomatik ochiladi. Birinchi kirish Ro'yxatdan universitetingizni tanlang. Rolingizni belgilang: Talaba yoki O'qituvchi. Hemis yoki OneID(agar o'qituvchi bo'lsangiz) login va parolingizdan foydalanib login qiling. Bir marta kirganingizdan so'ng dastur sizni eslab qoladi va keyingi safar login so'ramaydi. O'qituvchilar uchun kirish paytida Chrome oynasi bir necha soniyaga ochilib, o'zi yopiladi — bu odatiy holat. Foydalanish Sichqonchaning o'ng tugmasi — menyu: yangilash, sozlamalar, "doim ustida" va "ish stolida" rejimlari, akkauntdan chiqish. ⟳ tugmasi — jadvalni darhol yangilaydi (avtomatik ravishda har 10 daqiqada yangilanadi). "Eslatmalar" bo'limida vazifa va eslatmalar qo'shishingiz mumkin — vaqti kelganda bildirishnoma chiqadi. Widgetni yopsangiz, u ekranning pastki o'ng burchagidagi trayda ishlashda davom etadi. To'liq chiqish uchun tray belgisini o'ng tugma bilan bosib, "Chiqish"ni tanlang.
Yuklash